Binance'ga xush kelibsiz

Binance'da biz har bir inson kim boʻlishidan yoki qayerdan kelishidan qatʼi nazar, pul topish, uni saqlash, sarflash, ulashish va hadya qilish erkinligiga ega boʻlishi kerak, deb hisoblaymiz.
Binance'ga xush kelibsiz
95 mlrd $
Oʻrtacha kunlik hajm
34 883 mlrd $
2025-yilda Spot va Fyuchers tranzaksiyalari
24/7
40 tilda yordam xizmati
Bizning missiyamiz
Bugungi kunda Binance dunyodagi yetakchi blokcheyn ekotizimi hisoblanadi. Uning mahsulotlar majmuasiga dunyodagi eng yirik raqamli aktivlar birjasi ham kiradi. Bizning missiyamiz — kelajak dunyosida kriptovalyuta sohasi uchun infratuzilma xizmatlarini taqdim etish.
Bizning ekotizimimiz
Platformamizga butun dunyo boʻylab millionlab foydalanuvchilar ishonadi. U moliyaviy mahsulotlarning tengsiz portfelini taklif etadi.
Binance birja
Binance Exchange – savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi boʻlib, ADGM Moliyaviy xizmatlar boʻyicha tartibga solish organi nazorati ostida faoliyat yuritadi.
Binance Research
Binance Research raqamli aktivlar sanoatining barcha ishtirokchilariga institutsional darajadagi tahlil, chuqur tahliliy xulosalar va xolis maʼlumotlarni taqdim etadi.
Binance akademiyasi
Binance akademiyasi – 10 dan ortiq tilda bepul blokcheyn va kriptovalyuta taʼlimini taqdim etuvchi barcha uchun ochiq taʼlim markazidir.
Binance Charity
Binance Charity – Web3 texnologiyasi ezgulik kuchi sifatida qoʻllaniladigan kelajakni barpo etishga bagʻishlangan notijorat tashkilotdir.
Binance Square
Binance Square – Web3 sohasidagi eng soʻnggi trendlarni bir joyda jamlaydigan, kriptovalyuta ekspertlari, ishqibozlari va media manbalaridan jonli tarzda taqdim etiladigan turli kontentlarni namoyish etuvchi yagona platformadir.
Foydalanuvchilarimizni birinchi oʻringa qoʻyish
Foydalanuvchilarimizni birinchi oʻringa qoʻyish
Foydalanuvchilar biz amalga oshiradigan barcha ishlarning markazida turadi. Biz boshidanoq foydalanuvchilarni himoya qilishni eng ustuvor vazifamiz deb belgilaganmiz. Shu sababli butun Binance ekotizimida eng zamonaviy xavfsizlik choralarini va maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat mexanizmlarini joriy etganmiz.
Regulyatorlar bilan hamkorlik
Regulyatorlar bilan hamkorlik
Shuningdek, foydalanuvchilarimiz oldidagi mas’uliyatimizni bajarish va blokcheyn sohasi uchun yanada barqaror kelajakni yaratish maqsadida tartibga solish talablariga rioya qilishning eng yuqori standartlariga amal qilishga qat’iy intilamiz.
Bizning asoschilarimiz
CZ (Changpeng Zhao)
CZ (Changpeng Zhao)
Hammuassis va sobiq bosh direktor
CZ nomi bilan tanilgan Changpeng Zhao muvaffaqiyatli startaplarni yo‘lga qo‘yish borasida katta tajribaga ega seriyali tadbirkordir. U Binance’ni 2017-yil iyul oyida ishga tushirdi va atigi 180 kun ichida uni savdo hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik raqamli aktivlar birjasiga aylantirdi. Blokcheyn sohasining kashshoflaridan biri bo‘lgan CZ Binance’ni Binance Exchange, Labs, Launchpad, Academy, Research, Trust Wallet, Charity, NFT va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan yetakchi blokcheyn ekotizimiga aylantirdi. CZ Monrealdagi McGill universitetida tahsil olishidan oldin yoshligida burger tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan. 2005-yilda CZ Bloomberg Tradebook kompaniyasining Futures Research & Development jamoasi rahbari lavozimini tark etib, Fusion Systems kompaniyasini tashkil etish uchun Shanxayga ko‘chib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, u Bitcoin haqida bilib oldi va Blockchain.com kompaniyasiga texnologiyalar bo‘yicha rahbar sifatida qo‘shildi.
Yi He
Yi He
Birgalikdagi bosh direktor va hammuassis
Yi He Binance'dagi biznes, marketing va brending strategiyasiga rahbarlik qiladi. Yi Binance'ni dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasiga aylantirgan biznes strategiyasiga rahbarlik qilgan – kompaniyani shunchaki kriptovalyutadan kriptovalyutaga savdo platformasidan global blokcheyn ekotizimiga aylantirgan. Binance'ga hamasos solishdan oldin Yi Miaopai, Xiaokaxiu va Yizhibo kabi mashhur mobil ilovalar ortidagi yetakchi mobil video texnologiyalari kompaniyasi Yixia Technology'da vitse-prezident lavozimida ishlagan. U yerda brending strategiyasi va marketing operatsiyalariga rahbarlik qilgan. U, shuningdek, firmaning qiymatini 3+ milliard AQSH dollariga yetkazgan mablagʻ jalb qilish strategiyasining muhim qismi boʻlgan. Bundan tashqari, Yi 2014 va 2015-yillarda raqamli aktivlar birjasi OKCoin'ning hammuassisi boʻlgan. Yi blokcheyn sohasidagi eng nufuzli tadbirkorlardan biri sifatida tan olingan. U erkaklar ustunlik qiladigan texnologiyalar sohasida ayol rahbarlarni ishga olish tendensiyasini shakllantirishga yordam berib, bozorning ayol yetakchilarga boʻlgan ishonchini oshirgan.
Binance Group direktorlar kengashi
Gabriel Abed
Direktorlar kengashi raisi (mustaqil direktorlar kengashi aʼzosi)
Gabriel Abed — butun dunyoda tan olingan texnologiya tadbirkori, tajribali direktorlar kengashi aʼzosi va sobiq diplomat bo‘lib, tartibga solish sohasidagi innovatsiyalar va moliyaviy texnologiyalar kesishmasiga ixtisoslashgan. U blokcheyn sanoatida 13 yildan ortiq tajribaga ega va bir nechta soha hamda mamlakatlarda tartibga solinadigan muhitlardagi murakkab moliyaviy sharoitlarda faoliyat yuritgan. Janob Abed Yaqin Sharqda Barbadosning ilk elchixonasini ishga tushirgan, Barbadosning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi hamda Quvaytdagi norezident elchisi sifatida xizmat qilgan.
2013-yilda janob Abed dunyodagi ilk Markaziy bank raqamli valyutalaridan (CBDC) birini joriy etgan ilg‘or kompaniya — Bitt kompaniyasining asoschi bosh direktori bo‘lgan. 2016-yilda u Digital Asset Capital Management (DACM) kompaniyasiga hammuassislaridan biri bo‘ldi. Bu xedj fond o‘z toifasida tezda eng yaxshi natija ko‘rsatadigan fondga aylandi. Bugungi kunda u raqamli iqtisodiyot masalalari, tartibga solish va blokcheyn texnologiyalari bo‘yicha yetakchi ekspert sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
2018-yil aprel oyida janob Abed Bermudalik hurmatli David Burtning maxsus texnologiya bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. 2020-yilda u Jahon iqtisodiy forumi huzuridagi Kriptovalyutalar bo‘yicha Global kelajak kengashining tartibga solish asoslari guruhi doirasida yetakchilik rolini bajargan. Shuningdek, u Barbados fond birjasi va ANSA Bank (Trinidad) direktorlar kengashi aʼzosi bo‘lgan. Janob Abed Barbados moliyaviy xizmatlar komissiyasining FinTech bo‘yicha quyi qo‘mitasida faxriy aʼzo sifatida faoliyat yuritadi.
Janob Abed Ontario Technology University'ni aʼlo baholar bilan tamomlagan bo‘lib, Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega, mutaxassisligi – tarmoq xavfsizligi. Blokcheyn va tartibga solish texnologiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun janob Abedga University of the West Indies tomonidan huquq sohasida faxriy doktorlik darajasi ham berilgan.
Binance Direktorlar kengashi raisi sifatida janob Abed hukumatlar, boshqaruv, texnologiya va tartibga solish sohalari bo‘ylab ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga sodiq qolmoqda.
Xin Wang
Mustaqil direktorlar kengashi aʼzosi
Xin Wang – Kaliforniya shtatida malakali advokat hamda Angliya va Uelsning advokati bo‘lib, leverejli moliyalashtirish, sotib olish va loyiha moliyalashtirishlari, shuningdek, qo‘shilish va sotib olish (M&A) bo‘yicha katta tajribaga ega. Wang xonim Binance'ning Direktorlar kengashida mustaqil kengash aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi.
Vang xonim – NASDAQ'da ro‘yxatga olingan, maxsus maqsadli sotib olish kompaniyasi (SPAC) bo‘lgan Bayview Acquisition Corp'ning bosh direktoridir. Shuningdek, u BHR Partners'da konsalting bo‘yicha hamkor sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu firma transchegaraviy M&A bitimlarida strategik xususiy kapital investitsiyalariga, xususan yuqori darajadagi ishlab chiqarish va tabiiy resurslar sohalariga alohida e’tibor qaratadi. BHR'dan oldin u White & Case xalqaro yuridik firmasida huquqiy maslahatchi lavozimida ishlagan. Vang xonim McGill universitetida tijorat bo‘yicha bakalavr darajasini hamda Boston University School of Law'da yurisprudensiya doktori darajasini olgan.
Max Yang
Mustaqil direktorlar kengashi aʼzosi
Max Yang – Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika qitʼalarida yorqin faoliyat yuritgan, global tajribaga ega strateg va korporativ yetakchidir. Isteʼmol tovarlari sanoatining tajribali mutaxassisi sifatida u o‘nlab yillar davomida biznes o‘sishini jadallashtirib, strategik transformatsiyalarga boshchilik qilib va korporativ boshqaruvni mustahkamlab kelgan – ham Fortune 500 va ko‘p millatli kompaniyalarda, ham tez o‘sayotgan SME'larda. Uning qitʼalararo tajribasi murakkab va dinamik xalqaro bozorlarda operatsion mukammallikni uzoqni ko‘zlagan yetakchilik bilan uyg‘unlashtiradi.
Richard Teng
Richard Teng – Binance'ning ham-bosh direktori; avval Binance Singapore bosh direktori bo‘lib ishlagan hamda Binance'da MENA mintaqasi, Yevropa mintaqasi va yakunda AQSHdan tashqaridagi barcha mintaqalar uchun Mintaqaviy bozorlar rahbari sifatida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimda u strategik hamkorliklarni ta’minlash, innovatsiyalar ekotizimini rivojlantirish va tegishli mintaqalarda kriptovalyuta ekotizimini kengaytirish uchun mintaqaviy jamoalarga rahbarlik qilgan.
Binance'ga qoʻshilishidan oldin janob Teng sobiq regulyator bo‘lgan. U Abu Dhabi Global Market (ADGM)dagi Financial Services Regulatory Authority'ning bosh direktori bo‘lib ishlagan va u yerda dunyodagi yetakchi innovatsion regulyatorlardan biri sifatidagi salohiyatini namoyish etgan. Janob Tengning katta tajribasi, shuningdek, Singapore Exchange (SGX)da Chief Regulatory Officer hamda Monetary Authority of Singapore (MAS)da Corporate Finance direktori lavozimlaridagi avvalgi faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Janob Teng University of Western Australia'da Amaliy moliya bo‘yicha magistr darajasini va Nanyang Technological University'da buxgalteriya hisobi bo‘yicha bakalavr darajasini (1st Class) olgan.
Roger Wang
Roger Wang – Binance'dagi eng yetakchi mahsulot mutaxassisi va tashkilotning asoschi aʼzosidir. U Binance platformasi orqali Web3 innovatsiyalarini harakatga keltiradigan ilgʻor texnologiyani ishlab chiqqan. U birja platformasi va hamyon tizimini loyihalash hamda joriy etish uchun masʼul bo‘lib, uning xavfsizligi, barqarorligi va masshtablanuvchanligini taʼminlaydi. U moliya sohasida 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelmoqda. Binance'ga qo‘shilishidan oldin Janob Wang Nomura'da kreditlarni ro‘yxatga olish, tahlil va marketing tizimlarini, shuningdek, Morgan Stanley'da aksiyalar tizimini ishlab chiqishda yetakchi rol o‘ynagan.
Heina Chen
Heina Chen – Binance'ning yuqori lavozimli rahbari va hammuassisidir. Web3 bo‘yicha chuqur tajribaga ega bo‘lgan Chen xonim Binance'da kliring, hisob-kitob va g‘aznachilikni boshqaradi, shuningdek strategiyani amalga oshirish, kompaniya siyosatlarini takomillashtirish hamda biznes operatsiyalarini boshqarish uchun mas’uldir. Chen xonim operatsiyalarni boshqarish va tadbirkorlik bo‘yicha 14 yildan ortiq tajribaga ega. Uning tajribasi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi uchun moliya, HR, administratsiya, kliring va g‘aznachilik funksiyalarini qamrab oluvchi butun bek-ofis faoliyatini nazorat qilishni ham o‘z ichiga oladi. Binance'dan avval Chen xonim boshqa birjalarga exchange-as-a-service platformalarini taqdim etuvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqish kompaniyasi Bijie Tech'da operatsion direktor va hammuassis bo‘lgan. Chen xonim Singapur Milliy universitetidan Master EMBA darajasiga hamda Shanxay Moliya va iqtisodiyot universitetidan moliya va buxgalteriya hisobi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega.
Yi He
Yi He – Binance'ning ham bosh direktori (Co-CEO), ham hammuassisi bo‘lib, Binance'ning vizyoni va strategik biznes ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun mas’ul bo‘lgan ijrochi rahbariyat jamoasining ajralmas qismi hisoblanadi. He xonim HR, marketing, global kommunikatsiyalar, yordam xizmati hamda Binance Earn, Binance Square va Binance Academy kabi asosiy mahsulot yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan bir nechta muhim biznes bo‘linmalarining kundalik operatsiyalari va boshqaruvini nazorat qiladi. He xonim rahbarligi ostida Binance o‘zining e’tiborga molik o‘sish sur’atini davom ettirib, 2025-yil yanvariga kelib 250 million ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga yetdi – bu butun dunyo bo‘yicha har qanday kriptovalyuta tashkiloti orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Binance'ning foydalanuvchilarni ustuvor qilish, hamjamiyatga qaytim berish va sohaning uzoq muddatli o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan asosiy ijtimoiy mas’uliyat tashabbuslarini Yi ilgari surgan. U Binance'da foydalanuvchiga yo‘naltirilgan qadriyatni shakllantirib, foydalanuvchilarni biznesning asosiy e’tibor markaziga aylantirdi hamda Yordam xizmatini foydalanuvchilarga g‘amxo‘rlik qilish uchun kundalik biznes jarayonlarining ajralmas qismiga kiritdi, shu bilan birga kompaniyaning dastlabki yillarida Yordam xizmati funksiyasini kengaytirdi. Kriptovalyuta hamjamiyatida u Bosh mijozlar direktori (Chief Customer Officer) sifatida tanilgan.
Bundan tashqari, Binance Charity – He xonimning g‘oyasi bilan yaratilgan tashabbus bo‘lib, u blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, ehtiyojmand hamjamiyatlarga bevosita va shaffof yordam ko‘rsatadigan notijorat tashkilotdir. U jamiyat farovonligi uchun jamiyatga hissa qo‘shishni va Web3 texnologiyasi ezgulik yo‘lida kuch sifatida qo‘llaniladigan kelajakni barpo etishni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Binance Charity 2018-yilda tashkil etilganidan beri 2025-yil 1-choragigacha 3.8 million nafar benefitsiarga USD$40 milliondan ortiq mablag‘ xayriya qilgan. U avvalroq YZi Labs (ilgari Binance Labs nomi bilan tanilgan)ning venchur kapital yo‘nalishidagi sa’y-harakatlariga ham rahbarlik qilgan bo‘lib, bu global blokcheyn ekotizimiga qayta investitsiya kiritish orqali sanoatning uzoq muddatli o‘sishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarni ta’kidlaydi va namoyish etadi.
Binance'da ishlash
Binance'da ishlash
Binance'da ishlash
Binance'da biz xodimlarimizga mustaqil qaror qabul qilish va ular uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, ochiq hamkorlik qilish hamda foydalanuvchilarimizga ishtiyoq va halollik bilan xizmat koʻrsatish erkinligini beramiz. Bugunoq Binance jamoasiga qoʻshiling va dunyodagi eng isteʼdodli, mehnatsevar va oʻz ishiga fidoyi insonlar bilan birga ishlang.